Fiat Chrysler dunyo bozoridan o‘tgan yili ishlab chiqarilgan 200 mingdan ziyod Jeep Cherokee avtomobilini oyna tozalagichlarda aniqlangan qusur tufayli qaytarib olmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.
Mashinalar, asosan, AQSh, Kanada va Meksikada sotilgan. Kompaniya vakillari oyna tozalagichlardagi qusur avtohalokatlarga sabab bo‘lgani haqida ma’lumotlarga ega emasliklari va aniqlangan kamchiliklar bepul bartaraf etilishini ma’lum qildi.
AQShda o‘tkaziladigan avtomobillar sifati bo‘yicha iste’molchilar o‘rtasidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, joriy yilda birinchi o‘rini Lexus, eng oxirgi o‘rinni esa Fiat Chrysler egallagan.
Izoh (0)