Gvatemala bosh prokurori mamlakat prezidenti Otto Peres Molinani hibsga olish uchun order berdi, deya xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Avvalroq sud Gvatemala prezidentiga mamlakatni tark etishni taqiqlab qo‘ygan, bungacha Molina daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan edi.
Mamlakat prezidenti keng ko‘lamli korrupsiya sxemasiga aloqadorlikda ayblanmoqda, bu bojxona organlari tomonidan fosh etilgan edi.
Prezidentning o‘zi noqonuniy faoliyatga aloqasi yo‘qligini aytib, “har qanday gvatemalalik kabi mukammal emasligi va xatolar qilgani”ni ta’kidladi.
Izoh (0)