Buyuk Britaniyada bundan 68 yil avval qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning nikoh to‘yi dasturxonini bezagan tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi. “Yesa bo‘ladi”, deya topilgan shirinlikni 500 ming funt sterlingga (767 ming dollar atrofida) Los-Anjeles fuqarosi harid qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tortni 1947-yil, 20-noyabrda Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan tantanada qatnashgan mehmonning qizi kimoshdi savdosiga qo‘ygan. Ekspertlar shirinlik alkogol bilan to‘yingani uchun a’lo darajada saqlanganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)