AQSh prezidenti Barak Obama Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuv ma’qullanishi uchun senatorlarning yetarlicha ovoziga ega. Bu Demokratlar partiyasidan senator Barbara Mikulski kelishuvni yoqlab ovoz berishini e’lon qilgach ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi RBK.
Eron bilan kelishuvni 34 senator — Demokratlar partiyasining 32 a’zosi va ikki nafar mustaqil senator qo‘llab-quvvatladi. Bu ovozlar kelishuvni bekor qiladigan rezolyutsiyaga prezident qo‘yishi mumkin bo‘lgan ta’qiqni yengib o‘tolmaslik uchun yetarlidir: davlat rahbari Kongress rezolyutsiyalariga qo‘ygan ta’qiqni yengib o‘tish uchun ikki palatada ham ovozlarning uchdan ikki qismi lozim bo‘ladi.
Izoh (0)