Gretsiyaning Kos oroli tomon suzib ketayotgan muhojirlarning kamida 11 nafari cho‘kib ketdi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, 16 muhojirni olib ketayotgan qayiq dengizda ag‘darilib ketgan, oqibatda yetti kishi halok bo‘lgan. Ularning to‘rt nafari qutqarib qolingan, besh nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Bortida suriyalik olti muhojir bo‘lgan boshqa bir qayiq esa Turkiyadan uzoqlashishi bilan cho‘kib ketgan. Natijada uch bola va bir ayol halok bo‘lgan, ikki kishi qirg‘oqqa qadar suzib kelishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq BMT yil boshidan beri O‘rtayer dengizini kechib, Yevropaga yetib olishga uringan muhojir va qochoqlar soni 300 ming nafardan oshib ketgani haqida hisobot bergandi.
Izoh (0)