3-sentabr, payshanba kuni Xitoy Pekinda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda yangi va oldinlari sir tutilgan qurol-aslahalari qatorida “aviatashuvchilar qotili” deya nom olgan “Dunfen-21D” raketasini namoyish etishi kutilmoqda. Ushbu raketa tovushdan o‘n marta ortiqroq tezlikka ega va uni tutib qolishning imkoni yo‘q. Bu haqda Financial Times manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Dunfen-21D” aviatashuvchilar mudofaa tizimini yengib o‘tishga qodir dunyoda yagona kemaga qarshi raketa sanaladi. Uning harakat radiusi 900—1500 kilometrga yaqin. Ekspertlar fikricha, yangi raketa AQShning Xitoy sohillari yaqinida harbiy guruhlar joylashtirish imkoniyatini chippakka chiqarishi mumkin.
Izoh (0)