AQShning Missuri shtatida 15 yashar qizni o‘ldirishda ayblangan 50 yoshli Roderik Nanliga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etildi: jinoyatchining tomiriga zaharli inyeksiya yuborildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Nanli o‘z jazosini salkam 25 yil kutdi, unga bu hukm 1991-yili chiqarilgan edi. U bilan birga ayblangan sherigi Maykl Teylor 2014-yili qatl etilgan.
15 yoshli Enn Xarrison 1989-yili, uyidan 20 metr narida maktab avtobusini kutayotganda Nanli va Teylor tomonidan o‘g‘irlangan mashinada olib ketilgan, zo‘rlangan va o‘ldirilgan edi.
Shu yil boshidan beri Missurida 6 nafar jinoyatchiga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi amalga oshirildi. Shtat gubernatori Jey Nikson Nanlini afv etish to‘g‘risidagi iltimosni rad etdi.
Izoh (0)