AQShning Chikago shahri va uning atrofida yashovchi o‘zbekistonliklar O‘zbekistonning Mustaqillik kunini nishonladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika assotsiatsiyasiga tayanib.
An’anaviy tadbir O‘zbekiston madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. O‘zbek hamjamiyati yetakchisi Olimjon Sharipov O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi. Bolalar o‘zbek tilida Vatan haqidagi she’rlarni aytdi.
Yaponiya, Rossiya, Litva, AQSh, Afg‘oniston kabi boshqa mamlakatlar vakillari ham tabrik so‘zlari bilan chiqdi.
O‘zbek milliy taomlari — palov, kabob, manti, somsa va boshqalar pishirildi.
Izoh (0)