AQSh prezidenti Barak Obama Alyaskada joylashgan Mak-Kinli tog‘iga atabaska hindulari tomonidan berilgan tarixiy nomni qaytaradi, deb yozadi “Vedomosti”. U o‘zining Alyaskaga uch kunlik tashrifini shu e’lon bilan boshlamoqchi.
Ayni paytda tog‘ AQShning 25-prezidenti Uilyam Mak-Kinli nomi bilan ataladi. Hindular uni Denali, ya’ni “buyuk” deb nomlagan. Qayta nomlash tog‘ qanday atalishi bilan bog‘liq 40 yillik bahs-munozaraga nuqta qo‘yadi.
Izoh (0)