AQSh prezidenti Barak Obama Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifni “o‘zaro fikr almashishni davom ettirish uchun” oktabr oyida Oq uyga taklif etdi. Bu haqda davlat rahbarining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Syuzan Rays Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Kommersant.ru”.
Ushbu taklif 30-avgust, yakshanba kuni Islomobodda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakatning mintaqada vaziyatni barqarorlashtirishga bag‘ishlagan muzokaralari chog‘ida bildirib o‘tilgan.
Izoh (0)