Janubiy Afrikadagi Svazilend Qirolligida yuz bergan avtomobil halokati natijasida kamida 38 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ikki yuk mashinasi va yengil avtomobil ishtirokidagi halokat 28-avgust, juma kuni sodir bo‘ldi. Yuk mashinalari “Umxlanga” milliy festivalida qatnashish uchun yo‘l olgan qizlarni olib ketayotgan edi. Halokat natijasida 38 nafar qiz va yosh ayol qurbon bo‘ldi. Manbalarning ma’lum qilishicha, yana 20 kishi yaralangan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, politsiya xodimlari Toyota avtomobilini to‘xtatgandan so‘ng, halokat yuz bergan. Birinchi yuk mashinasi to‘xtatilgan mashinaga to‘qnashib ketgach, ikkinchi yuk mashinasi unga kelib urilgan.
Izoh (0)