Keniyalik sportchi Julius Yego Pekinda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida nayzani 92, 72 metrga uloqtirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
E’tiborli jihati shundaki, Julius nayza uloqtirishni mustaqil ravishda, YouTube orqali Olimpiada chempionlari Jelezniy va Andreas Torkildsen chiqishlarini ko‘rib o‘rgangan.
Yego milliy va xalqaro musobaqalarda 2010-yildan boshlab qatnasha boshladi. 2011-yilda Umumafrika o‘yinlarida g‘alaba qozongandan keyingina o‘ziga finlandiyalik murabbiy topdi. Oxirgi Olimpiadada Yego 12-o‘rin bilan kifoyalangan edi.
Izoh (0)