Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi, “G” guruhi 3-tur doirasidagi Kuvayt – Myanma uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu uchrashuvga bosh hakam sifatida FIFA referisi Aziz Asimov tayinlangan. Asimovga qanotlarda Jahongir Saidov hamda Ruslan Serazetdinov yordam beradi. Uchrashuvda to‘rtinchi hakam vazifasini Sherzod Qosimov bajaradi.
Uchrashuv nazoratchisi — Ali Hamad Albadvavi (BAA), komissar — Amir Husayn Karimpur (Eron).
Izoh (0)