26-avgust, chorshanba kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV xabarlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Honda Odyssey mashinasi haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Lexus 470 avtomobiliga to‘qnash kelgan,— deya ma’lum qildi vazirlik vakili. – Oqibatda Honda haydovchisi va salonda bo‘lgan olti yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan, Lexus mashinasidagi ikki kishi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan”.
Guvohlarning ta’kidlashicha, to‘qnashuv shu darajada kuchli bo‘lganki, Honda ikki qismga bo‘linib ketgan. Ayni paytda hodisa joyida tergov guruhi ish boshladi, halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.
Izoh (0)