Niderlandiya shimolidagi Loppersum ma’lumotlar uzatishning 5G texnologiyasi sinovlari o‘tkaziladigan dunyodagi birinchi qishloq bo‘ladi. Loyihada TNO, Ericsson, KPN, Huawei kabi qator mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi. Bu haqda "Korrespondent.net" xabar bermoqda.
Qishloq aholisi yangi texnologiyadan hozircha foydalana olmaydi: ushbu sinovlar birinchi galda mintaqaga investorlarni jalb etishga qaratilgan. Butun dunyodan kelgan kompaniyalar bu yerda 5G dan foydalangan holda o‘z mahsulotlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)