Mail.ru kompaniyasi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i foydalangan data-sentrni 919 million rublga sotib oldi. Bu haqda Mail.ru Group’ning 2015-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lumot berilgan.
Data-sentr 2015-yil may oyida, ijtimoiy tarmoqning chet xosting servislardan mustaqilligini oshirish maqsadida, naqd pul evaziga ICVA kompaniyasidan sotib olingan. Bundan tashqari, “Selektel” kompaniyasi quvvatlaridan ham foydalanilmoqda.
Mail.ru’ning ICVA kompaniyasidan data-sentr sotib olgani haqidagi axborotni 2015-yil iyuni boshida “VKontakte” matbuot kotibi Georgiy Lobushkin ham tasdiqlagan edi. Bungacha bu data-sentr “VKontakte” asoschisi Pavel Durovga tegishli edi.
Biroq o‘shanda xarid qiymati oshkor etilmagandi, mustaqil ekspertlar data-sentr taxminan 500 million rublga sotilgani haqida fikr bildirgandi.
Izoh (0)