Birjadagi larzalar sabab Apple kompaniyasi 158 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
USA Today nashrining yozishicha, Apple’ning qimmatbaho qog‘ozlari aksiyalar bozori qulayotgan vaqtda ham kuzatib borish uchun ahamiyatga molik obyekt sifatida qolaveradi. “Apple aksiyalarining narxi pasayishi haqiqatan ham halokatli ko‘lamni hosil qiladi”, — deb yozadi nashr.
Shunga qaramay, Apple AQShning eng qimmat kompaniyasi maqomini saqlab qolmoqda, uning kapitalizatsiyasi 618 milliard dollarga baholanmoqda. “Biroq, kompaniya vaqti kelib 1 trillion dollarlik ko‘rsatkichni kechib o‘ta oladi, degan taxminlarning ro‘yobi endi haqiqatdan uzoqdek ko‘rinmoqda”, — deb yozadi USA Today.
Izoh (0)