Xitoyning Tyanszin shahridagi portlash ro‘y bergan xavfli moddalar ombori hududida kamida to‘rtta yangi alangalanish o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Portlash markazi va uning atrofida kamida to‘rtta alangalanish nuqtalari kuzatilmoqda. Ulardan biri transportga yuklash hududida bo‘lsa, qolganlari portlash markazining bevosita o‘zida joylashgan”, — deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)