Italiya poytaxti Rimda 65 yoshli Vittorio Kassamonika — shaharda narkotiklar savdosini boshqaruvchi mafiya oilalaridan birining boshlig‘i dabdabali tarzda dafn etildi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Jasad solingan tobutni uch juft irland oti qo‘shilgan 1910-yilgi qora karetada cherkovga yetkazishdi. Ot-aravaga Jaguar va Mercedes kabi lyuks mashinalar, shuningdek 12 ta yo‘ltanlamas hamrohlik qildi.
Motam ibodati tugagach, maydon ustidan qizil vertolyot uchib o‘tdi, tobut Rolls-Royce katafalkiga ortilayotganda esa u osmondan olomon ustiga yuzlab qizil yaproqlar yog‘dirdi.
Izoh (0)