Pekin shahrida 19—21-avgust kunlari O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maslahatlashuvlar davomida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi inventarizatsiya qilindi, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, hamkorlikning huquqiy negizini rivojlantirish va kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Izoh (0)