7-sentabrdan 23-oktabrgacha poytaxt tumanlarida reja bo‘yicha issiqlik markazlarini kuzgi to‘liq to‘xtatish ishlari amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Ushbu tadbirlar har bir belgilangan hududda besh kundan davom etadi va bu vaqtda issiq suv bo‘lmaydi.
Issiqlik markazlari to‘xtatilishi taqvimi
- IM-1 “Shimoli-Sharqiy” — 19—23-oktabr
- IM-2 “Qorasuv” — 7—11-sentabr
- IM-3 “G‘arbiy” — 14—18-sentabr
- IM-4 “Shimoliy” — 7—11-sentabr
- IM-5 “Chilonzor” — 12—16-oktabr
- IM-6 “Janubi-G‘arbiy” — 7—11-sentabr
- IM-7 “Aviasozlar” — 14—18-sentabr
- IM-8 “Sergeli” — 12—16-oktabr
- IM-9 “Yangi Chilonzor” — 12—16-oktabr
- IM-10 “Shimoli-G‘arbiy” — 7—11-sentabr
- ToshIEM — 5—9-oktabr
- “Suvsoz” qozonxonasi — 14—18-sentabr
- “Sanoatenergo” qozonxonasi — 14—18-sentabr
2015/2016-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilayotgan sinovlar issiqlik iste’molchilarini issiq suvdan cheklamagan holda amalga oshiriladi.
Sinovlar vaqtida issiqlik tarmoqlarining quvurlarida nosozliklar ro‘y berishi, issiq suv yo‘lning qatnov qismi va trotuarlarga otilib chiqishi mumkin. Ushbu holatlarda haydovchi va piyodalar, shuningdek, ma’muriy va turar-joy binolarida bo‘lgan fuqarolar ehtiyotkor va diqqatli bo‘lishlari kerak.
Yuz bergan nosozliklar haqida 215-72-73 telefon raqami orqali “Toshissiqlikquvvati”ga ma’lum qilish mumkin.
Izoh (0)