2015 – 2019 yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni tizimli o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiyalashtirish choralari dasturiga muvofiq, ushbu loyihaning moliyaviy manbalari aniqlandi: bunga “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasining 66,1 million dollar miqdoridagi o‘z mablag‘lari sarflanadi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
2013-yili “O‘zbekiston temir yo‘llari” unitar korxonaga qarashli metall quyish-mexanika zavodi rekonstruksiyasini yakunladi. Zavod Kunkel Wagner, Otto Junker va Nederman kabi nemis kompaniyalari, shuningdek, Yevropa va Osiyoning boshqa kompaniyalari zamonaviy texnika va texnologiyalari bilan jihozlandi. 150 million dollar baholangan loyihani moliyalashtirish “O‘zbekiston temir yo‘llari” mablag‘lari hamda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi krediti hisobidan moliyalashtirildi. Loyiha 1,2 ming yangi vagon qurish, 950 ta yirik hajmli konteyner ishlab chiqarish va 1500 ta yuk vagonini ta’mirlash imkonini beradi.
Izoh (0)