Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi 140 ta shahar aholisi hayotini beshta mezon bo‘yicha baholadi, deya xabar bermoqda “Norma.uz”. Bular barqarorlik darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhit holati, shuningdek infratuzilma rivojlanishi bo‘ldi.
Hayot darajasi bo‘yicha eng yaxshi shahar Melburn (Avstraliya) deb tan olindi, u eng yuqori — 100 balldan 97,5 ball to‘pladi. Keyingi o‘rinlarni Vena (Avstriya, 97,4 ball) va Vankuver (Kanada, 97,3 ball) egalladi.
Toshkent qariyb 57 ball bilan ushbu ro‘yxatda 116-pog‘onani band etdi va quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi: barqarorlik — 50 ball, sog‘liqni saqlash — 58,3 ball, madaniyat va atrof-muhit — 53 ball, ta’lim — 75 ball, infratuzilma — 48,2 ball.
Hayot darajasi bo‘yicha 140 ta eng yaxshi shaharlar reytingiga MDH davlatlaridan, shuningdek, Sankt-Peterburg (77-o‘rin), Moskva (81-o‘rin) va Olma-Ota (100-o‘rin) kirdi.
Izoh (0)