2015-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jorj Edgarni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida Elchining uch yil davomidagi samarali faoliyati ijobiy baholanib, O‘zbekiston – Buyuk Britaniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.
O‘z navbatida elchi O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun ko‘rsatilgan ko‘mak va yaratilgan sharoitlar uchun tashakkur izhor etdi.
Izoh (0)