Xitoyning Tyanszin shahrida ombori portlagan Ruihai Logistics kompaniyasi boshqaruv raisi va uning o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda “Jenmin jibao” gazetasi ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Ruihai Logistics kompaniyasi boshqaruv raisi Syue Vey, uning o‘rinbosari Dun Shesyuan, jami 10 kishi 13-avgust tongda hibsga olingan”, —deyiladi gazeta xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisa oqibatida 114 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan, salkam 700 nafar odam kasalxonalarga yotqizilgan.
Izoh (0)