Amerikalik Lyuis Fogl o‘zi sodir etmagan 15 yoshli qizni zo‘rlaganlik va qotillik aybi bilan ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
34 yil umrini qamoqda o‘tkazgan 63 yoshli Foglni sudya ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgani qutqardi: DNK tahlili jinoyat joyida aniqlangan ashyoviy dalillar Foglga tegishli emasligini ko‘rsatgan.
Ammo Pittsburg prokurori Patrik Dogerti Lyuisdan aybni soqit etishga shoshilmayapti: u Foglning aybini tasdiqlaydigan yangi dalillarni to‘plab, sudga taqdim etish niyatida.
Izoh (0)