Buyuk Britaniya shahzodasi Jorjni suratga tushirish ishtiyoqidagi paparatssilar soni ortib, ular qo‘llaydigan usullar tobora xavfli tus olmoqda. Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQShdagi ayrim nashrlarda Jorjning “noqulay holatdagi” rasmlari berilgan. Kensington saroyi dunyo ommaviy axborot vositalariga ikki yoshli shahzodaning ruxsat berilmagan rasmlari chop etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi iltimos bilan murojaat etdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Ushbu bayonotda o‘tgan haftada ro‘y bergan hodisa ham misol tariqasida keltirilgan: politsiya ijaraga olingan avtomobil yukxonasiga joylashib, bolalar maydonchasidan tashqarida shahzodani tasvirga tushirishga intilgan fotografni payqab qolgan.
Izoh (0)