O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Sanjar Fayziyev Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilayotgan turnirning juftliklar musobaqasida finalga chiqa olmadi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Gruziyalik sherigi Aleksandr Metreveli bilan tandem hosil qilgan Fayziyev yarim finalda ukrainalik Ujilovskiy hamda belaruslik Dubinskiy juftligiga 6:7, 5:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Minsk turnirining mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Amkodor Cup musobaqasida Sanjar Fayziyev sakkizinchi raqam ostida tasniflangan.
Eslatib o‘tamiz, Fayziyev yakkalik bahslarida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)