Mo‘g‘ulistonda shaxmat bo‘yicha eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Sirojiddin Zayniddinov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Sirojiddin nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat yo‘nalishidagi bahslarida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Sirojiddin Zayniddinov eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida ikki karra jahon chempionidir. U 2004-yili Germaniya va 2008-yili Shveysariyada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)