“Soudelor” to‘foni yopirilishi oqibatida Sharqiy Xitoydagi Chjetszyan provinsiyasining Venchjou shahrida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi dom-daraksiz yo‘qoldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tayfun 8-avgust, shanba kuni Futszyan provinsiyasi sohilbo‘yiga yopirilgan, so‘ng Chjetszyan va Szyansi provinsiyalariga o‘tgan. Ofat oqibatida ko‘rilgan zarar 248 million yuanga (salkam 40 million dollar) yetishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)