Peru xavfsizlik kuchlari “Sendero Luminoso” (“Nurli yo‘l”) guruhi tomonidan asirlikda saqlangan 54 kishini ozod etdi. Bu haqda 1-avgust, shanba kuni Associated Press agentligi ma’lum qildi.
Ayrim tutqunlar Puerto-Okop va boshqa yaqin atrofdagi shaharlardan bundan 20—30 yil avval o‘g‘irlab ketilgan. Ozod qilinganlar orasida bolalar va o‘smirlar ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning barchasi Pangoa provinsiyasi changalzorlarida ushlab turilgan.
Qutqaruv amaliyoti qochishga muvaffaq bo‘lgan ikki tutqun tufayli amalga oshirildi: ular politsiyaga asirlikda saqlangan joyini ko‘rsatgan. Ozod etilganlar politsiya tomonidan so‘roq qilingach, ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi va uylariga jo‘natildi.
Ma’lumot o‘rnida: “Sendero Luminoso” guruhini AQSh, Kanada va Yevropa Ittifoqi terrorchi tashkilotlar qatoriga qo‘shgan.
Izoh (0)