Novosibirsk hayvonot bog‘ida silovsin bolasini boqqan uy mushugi yovvoyi jonivorni o‘limdan salqab qoldi. “Sibkray.ru”ning xabar berishicha, ona silovsin bolasidan voz kechgan.
Shundan so‘ng zoologlar Nika laqabli silovsin bolasini hayvonot bog‘ining mushugi yaqinda bolalagan xodimiga topshirishga qaror qilgan.Hayvonot bog‘i vakillarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan uch oy davomida Nika kuchga to‘lib, ulg‘aygan.
Mahalliy zoologlarning qayd etishicha, Novosibirsk hayvonot bog‘ida bunday hodisalar avval ham kuzatilgan. Xususan, 2015-yili boshqa bir uy mushugi o‘lim yoqasida turgan suvsar bolalarini boqib olgandi.
Izoh (0)