Keniyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bir nechtasini AQSh prezidenti Barak Obama samolyoti sharafiga Air Force One (“Eyr fors uan”) deb atashdi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib. Amerika yetakchisi ayni paytda o‘z otasining vatani Keniyada bo‘lib turibdi.
Keniyaning Kisumu shahridagi tug‘uruqxonada dunyoga kelgan bolalardan biri Eyrforsuan Barak Obama, yana biri shunchaki Eyrforsuan deb nomlandi. “Men Obamaning Keniyaga tashrifini abadiy eslab qolish uchun shunday ism qo‘yishga qaror qildim”, — dedi Eyrforsuan Barak Obamaning onasi.
Shuningdek, yangi tug‘ilgan qizchalardan biriga Mishel, yana ikkisiga AQSh prezidentining qizlari sharafiga Malia va Sasha deb ham ism berishdi.
Izoh (0)