Toni Sellers qariyalar uyiga onasini ko‘rgani kelganida uni u yerdan topa olmadi. 11 nevaraning buvisi bo‘lgan 79 yoshli kampirsho ogohlantirishsiz muassasani tark etgan va Tatoo Studio 76 tatu-saloniga umrida birinchi marta tatuirovka qilgani yo‘l olgan ekan. Bu haqda “Bigpicture.ru” xabar bermoqda.
Nafaqaga chiqquniga qadar Shimoliy Irlandiyada amaldor bo‘lib ishlagan Sellers xonimdan oiladagilarining bu “qilig‘i”ga munosabatini so‘rashganda u “Bu meni umuman qiziqtirmaydi. Mening yoshimga yetgach, har bir kunni imkon boricha unumli va zavqli o‘tkazish kerakligini anglab yetasiz”, — deya javob bergan.Mavzuga doir
×
Izoh (0)