O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov to‘p tepayotgan Ukrainaning “Vorskla” klubi Yevropa Ligasining uchinchi saralash bosqichidan Yevrokubokdagi ishtirokini boshlaydi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Poltavaliklarning bu bosqichdagi raqibi kecha, 23-iyul kuni ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Vorskla” Slovakiyaning “Jilina” klubi bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Uchrashuvlar 30-iyul va 6-avgust kunlariga belgilangan.
“Jilina” (Slovakiya) – “Dachiya” (Moldova) 4:2 (birinchi o‘yin – 2:1)
Gollar: Vavro, 15, Kacher, 50, Shkvarka, 62, Paur, 85 – Kochuk, 64, Leuka, 87.
Izoh (0)