Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Yaponiya Gran-prisi vaqtida “Marusya” jamoasining fransiyalik piloti Jyul Byankining avariyasi yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan komissiya ma’lumotlarini e’lon qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
FIA xavfsizlik komissiyasi hisobotiga ko‘ra, Byanki boshqaruvidagi avtomobil soatiga 215 kilometr tezlikda trassadan chiqib ketgan va oradan 2,61 soniya o‘tib soatiga 126 kilometr tezlikda og‘irligi 6,8 tonna bo‘lgan traktorga borib urilgan.
Dastlab avariya vaqtida yuklama 62 g ga teng bo‘lgani haqida xabar berilgan edi, biroq surishtiruv ishlari davomida dubulg‘aga o‘rnatilgan uzatgichlar to‘qnashuv vaqtida uchib ketgani va noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi.
Yangi hisobotga ko‘ra, to‘qnashuvning eng yuqori nuqtasida haydovchining boshiga kelib tushgan yuklama 254 g ga teng bo‘lgan, bu 48 metr balandlikdan qulash bilan barobardir. Taqqoslash uchun, kosmonavtlar raketa starti vaqtida 7 g gacha yuklamani qabul qiladi.
Jyul Byanki 18-iyul kuni uzoq davom etgan komadan so‘ng, hushiga kelmay, vafot etdi.
Izoh (0)