AQShning Nyu-Jersi shtatida politsiya uch kun mobaynida begona uydagi karavot ostida yashiringan Jeyson Xabbard ismli shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda The Daily Mirror nashriga tayanib, “Knews.kg” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Jeyson uy egasi axlat to‘kkani chiqqanda ochiq qolgan eshik orqali uyga kirgan, u qaytganda esa hech kim bo‘lmagan boshqa xonaga o‘tib, karavot tagiga yashiringan. Xonadondan chiqib ketishning ilojini topolmay, qo‘lidagi to‘rtta uyali telefonni elektrdan quvvatlantirib, o‘ynab o‘tirgan. Uch kundan so‘ng uy egasi shubhali shovqin-suronni payqab qolib, Xabbardni topib olgan.
Politsiya bu kimsa uyni o‘marmoqchi bo‘lganini taxmin qilmoqda. Xabbard hibsga olindi, uning uchun 50 ming dollar garov puli belgilangan. Omadi yurishmagan talonchiga birovning uyiga noqonuniy ravishda kirish va xizmatlardan ruxsatsiz foydalanish aybi qo‘yildi: Xabbard birovning elektr manbasini ishlatgan.
Izoh (0)