Bangladeshda ro‘y bergan ikki avtohalokat oqibatida kamida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mahalliy ma’murlarga tayanib, DPA ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Mamlakat poytaxtiga yo‘l olgan avtobus haydovchisi Dakka—Tangayl magistralidagi burilishda rulni o‘ziga bo‘ysundirolmagach, transport vositasi yo‘l chetiga qulagani tufayli sakkiz kishi halok bo‘ldi, 20 yo‘lovchi jarohat oldi.
Bangladesh shimolidagi Dirasram aholi punktida temiryo‘l o‘tish joyida poyezd va motoriksha (uch g‘ildirakli yopiq mototsikl) to‘qnashib ketib, kamida yetti kishi olamdan ko‘z yumdi.
Mamlakatda yo‘llar sifati talabga javob bermasligi, transport eskiligi va ehtiyotsizlik bilan mashina haydash tufayli yuqoridagi kabi avtohalokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Har yili ularning oqibatida 10 mingga yaqin kishi halok bo‘ladi.
Izoh (0)