Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niinistyo mamlakat rahbariyati shimolda, Rossiya bilan chegarada tezkor javob qaytarish kuchlarini joylashtirishga qaror qilgani haqida paydo bo‘lgan xabarlarni inkor etdi. “Finlyandiya o‘z qo‘shinlarini hech qayerga ko‘chirmoqchi emas”, — deya ma’lum qilgan Yle teleradiokompaniyasiga Niinistyo. Finlyandiyaning bu boradagi rejalari to‘g‘risida go‘yo vazir bildirgan yangilik Defense News nashrida paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK” .
Mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligida gap mavjud qo‘shinlarni qayta tashkillashtirish haqida ketayotgani va Rossiya chegarasiga qo‘shimcha bo‘linmalarni tashlashga hojat yo‘qligi haqida ma’lum qilishgan. “Masalaning mohiyati zaxiradagilarni zarurat tug‘ilganda zudlik bilan safga qo‘shishga tayyorgarlikni oshirishdan iborat. Bu bizning qurolli kuchlarni isloh qilish bo‘yicha rejamizning bir qismidir”, — deya ta’kidlashgan qo‘mondonlik matbuot xizmatida.
Rossiya Bosh shtabida fin harbiylari va siyosatchilarining bayonotlari “NATO oldida o‘zini ko‘rsatishga urinish” deb baholandi. Finlyandiya bu tashkilot a’zosi emas, biroq keyingi paytlarda mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi borasida bahslar ketmoqda.
Izoh (0)