Toshkentda Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqichidagi O‘zbekiston — Janubiy Koreya uchrashuvining birinchi kuni yakunladi. Birinchi kundan keyin hisob 1:1 bo‘lib turibdi, deb xabar qiladi UzDaily.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin 3 set natijasiga ko‘ra Seong Chan Xongdan 6:2, 6:2 va 6:3 hisobida ustun keldi.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov 4 setda Janubiy Koreyaning birinchi raketkasi Xeon Changga 7:6, 4:6, 3:6 va 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
18-iyul kuni Istomin va Do‘stov juftliklar bahsida Ji Sung Nam va Min-Kyu Songga qarshi korta chiqadi.
Izoh (0)