O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova Chexiyaning Olomouts shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti. Olomouts turnirining mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan o‘zbek tennischisi ikkinchi davrada musobaqaga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan chexiyalik tennischi Jesika Malechkovadan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi. Oqgul bugun, 17-iyul kuni o‘tkaziladigan chorak final bahsida yana bir chex tennischisi, turnirning uchinchi raketkasi Petra Setkovskaga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Omonmurodova birinchi davrada slovakiyalik Lenka Viyenerovani mag‘lub etgandi.
Izoh (0)