Nyu-York ma’murlari o‘tgan yil iyulida Steyten-Aylendda politsiya xodimi tomonidan o‘ldirilgan afroamerikalik Erik Garnerning oilasi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda oila advokatiga tayanib, New York Times ma’lum qilmoqda, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Halok bo‘lganning oilasi 5,9 million dollar tovon puli oladi.
Eslatib o‘tamiz, Erik Garner 2014-yil 17-iyulda politsiyachilar tomonidan noqonuniy tamaki sotganlikda gumon qilinib, ushlanadi. Qo‘lga olish chog‘ida u qarshilik ko‘rsatadi. Politsiyachilardan biri — Deniyel Pantaleo uni bo‘ynidan qisib, yerga ag‘daradi va bir necha daqiqa shunday ushlab turadi. “Tez yordam”ni semirish va bo‘g‘ma kasalligiga chalingan Garnerning holati yomonlashgandagina chaqirishadi, ammo unda kech bo‘ladi.
Nyu-York sudi zo‘rlik ishlatgan politsiyachiga nisbatan ayblov e’lon qilishdan bosh tortgani shaharda ommaviy namoyishlarga sabab bo‘lgandi.
Izoh (0)