Xitoyda ochilayotgan robotlar supermarketi 20 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lib, u shu yilning sentabr oyida Guandun provinsiyasining Foshan shahrida ochiladi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Hozirda ushbu noodatiy loyihani amalga oshirish uchun jadal tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Supermarketda Xitoy va xorijning 30 ta taniqli brendi mahsulotlari sotilishi rejalashtirilgan.
“Moya planeta” nashrining qayd etishicha, yildan-yilga robotlar insonlarning kundalik hayotiga chuqur kirib kelmoqda. Robot-changyutgich, basseynlar, kompyuter ekrani, ish stolini tozalovchi robot, choy damlovchi robot va hokazolar bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, xitoyliklarning so‘nggi ixtirosi bu — yolg‘iz qariyalarni parvarishlovchi robot-hamshiradir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan yili 56 ming sanoat roboti sotilgan.
Izoh (0)