Aslida 52 yoshga to‘lgan Pamela Jeykobsni 21 yoshli o‘g‘li bilan ko‘rganlar uni yigitchaning dugonasi ekan deb o‘ylashadi, deya hikoya qiladi “Adme.ru”.
Ayol uning yoshlik siri oddiy ekanligini ta’kidlaydi: to‘g‘ri ovqatlanish, quyoshdan himoya qiluvchi krem va turli maqsadlar uchun kokos yog‘i. “Men doim 80/20 qoidasiga amal qilaman, — deydi u, — 80% foydali taom va 20% unchalik ham foydali deb bo‘lmaydigan narsalar”.
Har bir narsaga yoshlardek munosabat, yaxshi irsiyat, me’yorida ovqatlanish, ko‘pgina mashqlar va kokos yog‘i — uning hayotidagi asosiy xususiyatlar shulardan iborat.
“Bir necha yil oldin Londonga chipta oldim, — deya hikoya qiladi Pamela. — Shunda mendan talabalik kartamni so‘rashdi. Men talaba emasligimni va haqiqiy yoshimni aytdim. Chiptachi qizarib ketdi va uzr so‘radi”.
To‘g‘ri, bu o‘rinda irsiyatni ham e’tibordan qochirmaslik kerak: Pamelaning aytishicha, uning onasi, aka-uka va opa-singillari ham asliga nisbatan yosh ko‘rinadi.
Izoh (0)