Oldinroq “Gazprom”ni “to‘lovga qobiliyatsiz sherik” deb atagan Turkmaniston neft va gaz sanoati davlat portali gap ohangi birmuncha yumshatilgan yangi xabarni chop etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“‘Gazprom eksport’ MChJ sababini izohlamagan holda yetkazib berilgan Turkmaniston tabiiy gazi uchun yetarlicha haq to‘lamayapti. Turkmaniston tomoniga Rossiya enegetika giganti olingan gaz uchun to‘liq to‘lamayotganligi boisi noma’lum, balki moliyaviy holat ko‘ngildagidek emasdir”, — deyiladi bayonotda.
8-iyulda Turkmaniston “Gazprom” Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tufayli tabiiy gaz bo‘yicha shartnomalari yuzasidan to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)