Birlashgan Arab Amirliklarida Fazoviy tadqiqotlar markazi ta’sis etildi, deya xabar bermoqda “Kommersant.ru”. Barcha loyihalar rahbari va mutasaddisi etib Dubayning valiahd shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid al Maxtum tayinlandi.
Agentlik BAAning kosmik dasturlari bilan shug‘ullanib, kosmik zondni uchirish loyihasini amalga oshiradi.
2014-yilda BAA o‘z kosmik agentligini tuzishini, uning maqsadi 2021-yilgacha Marsga uchuvchisiz kosmik qurilma uchirish bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Agar bu amalga oshirilsa, arab dunyosidagi birinchi shunday loyihaga aylanadi.
Izoh (0)