Ispaniya shimoli-sharqidagi Saragosa shahri yaqinida joylashgan qariyalar uyida yuz bergan yong‘in natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jabrlandi. “TASS” xabariga ko‘ra, o‘lim holatlariga is gazi sabab bo‘lgan.
Hozirgi vaqtga kelib yong‘in o‘chirilgan. Sakkiz kishi qurbon bo‘lganiga qaramay, mahalliy ma’muriyat o‘t o‘chiruvchilarning ishiga yuqori baho berdi.
Izoh (0)