“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Terri Bredberi Britaniya milliy lotereyasida jekpotni yutib oldi, deb xabar qilmoqda “Arena.uz”.
75 yoshli futbol faxriysining yutug‘i 5 517 056 funt sterlingni tashkil etdi. Xabarda qayd etilishicha, Bredberi “ko‘klar” safida o‘ynagan vaqtida haftasiga 25 funtdan ko‘p maosh olmagan.
Sobiq futbolchi yutib olgan pullari evaziga Ispaniyadan villa sotib olmoqchi.
Izoh (0)