Turkiyaning Bursa shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi qur’a natijasiga ko‘ra, ilk davrada musobaqada to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan ukrainalik Yuliya Beygelzimerga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda Oqgul kuchli raqibasini 6:4, 3:6, 7:5 hisobida taslim etdi.
Izoh (0)