Rossiyaning “Rubin” futbol klubi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoaci safida 2011-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan yarim himoyachi Bobur Davlatovni Qozog‘istonning “Jetisu” klubiga ijaraga berdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, 19 yoshli Bobur Davlatov “Rubin” yoshlar jamoasi tarkibida 2014/2015-yilgi mavsum davomida 22 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol kiritgan va jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yili Meksikada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi o‘z faoliyatini Muborakning “Mash’al” klubida boshlagan. Ikki yil avval esa Qozonning “Rubin” klubiga o‘tgandi.
U hali 18 yoshga to‘lmagani va legioner futbolchi bo‘lgani uchun, reglamentga ko‘ra dastlabki yili “Rubin” ishtirokidagi o‘yinlarda ishtirok eta olmagan edi. Bu mavsumdan boshlab esa o‘yinlarda mumtazam ishtrok eta boshladi va jamoaning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.
Izoh (0)